Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Xitoy prezidenti Trampning inaugurasiya marosimida qatnashmaydi

A A A
Xitoy prezidenti Trampning inaugurasiya marosimida qatnashmaydi

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpin Vashingtondagi Donald Trampning prezidentlik inaugurasiyasida qatnashmaydi.

Bu haqda Amerikaning CBS telekanali xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

20 yanvarga rejalashtirilgan tadbirda Xitoyning AQShdagi elchisi va uning rafiqasi ishtirok etishi kutilmoqda, bu odatiy amaliyotga mos keladi, deya aniqlik kiritmoqda telekanal. Elchiga Pekindan boshqa rasmiylar ham qo‘shilishi mumkin, biroq Si Szinpinning o‘zi qatnashmaydi.

Xabarlarga ko‘ra, rasmiy diplomatik kanallardan tashqarida kelgan taklif AQSh va Xitoy o‘rtasidagi qattiq protokol va murakkab munosabatlarga o‘rganib qolgan xitoylik amaldorlar uchun kutilmagan bo‘lgan.

Kiritildi: 08:40 13.12.2024. O'qildi: 1580 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!