Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy pokistonlik ayollar savdosi bilan shug‘ullanganmi?

Xitoy pokistonlik ayollar savdosi bilan shug‘ullanganmi?

10 mayda Xitoyning Pokistondagi elchixonasi pokistonlik ayol fuqarolarning Chin yurtida ehtimoliy savdosi holatlari yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Human.uz nashrining xabariga ko‘ra, xitoy elchixonasi bayonotida huquqni muhofaza qiluvchi organlar mamlakatda odam savdosi yoki a’zolari bilan savdo qilish holatlari borligini tasdiqlaydigan dalillar aniqlanmagani aytiladi. Shunga qaramay, elchixona Pekindan Pokistonga ushbu davlat hamkasblari bilan birgalikda surishtiruv olib borish uchun bir guruh ekspertlar jo‘nab ketganini ma’lum qildi. Agarda ushbu jinoyat fakti o‘z isbotini topsa, Xitoy tomoni aybdorlarni jazolash bo‘yicha barcha choralarni ko‘rishni o‘z zimmasiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda pokistonlik huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xitoylik va ularning hamtovoqlari deb taxmin qilinayotgan bir guruh pokistonliklarni qo‘lga oldi. Tergov ularni Xitoyda fohishalik qilish uchun pokistonlik ayollar savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilmoqda. Jabrlanganlarning bergan ma’lumotiga tayangan pokistonlik tergovchilar fikricha, jinoiy guruh pokistonlik va xitoyliklarning turmush qurishini tashkillashtirgan. Shundan so‘ng, ayollarni Chin yurtida fohishalik bilan shug‘ullanishga kuch ishlatib majburlab kelgan.

Kiritildi: 15:11 14.05.2019. O'qildi: 2114 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!