Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy koinotga yangi sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

A A A
Xitoy koinotga yangi sun’iy yo‘ldoshini uchirdi

Qayd etilishicha, Long March-6 raketa-tashuvchisisining Tianhui-5 sun’iy yo‘ldoshi bilan modefikasiyalangan versiyasi Xitoy shimolidagi Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan mahalliy vaqt bilan soat 6:50 da fazoviy uskunani belgilangan orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

Sun’iy yo‘ldosh geografik xaritalash, yer resurslarini tadqiq qilish, ilmiy tajribalar o‘tkazish va boshqa vazifalarni bajarishda qo‘llanilishi rejalashtirilgan.

Xitoy o‘zining milliy koinot dasturini faol rivojlantirmoqda, meteorologik, telekommunikasiya va navigasiya sun’iy yo‘ldoshlarini, shuningdek, Oyni tadqiq qilish texnologiyalarini ishlab chiqmoqda. Xitoylik mutaxassislar bir vaqtning o‘zida asteroidlar va Marsni o‘rganish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda.

Er orbitasida Xitoyning Tyangun koinot stansiyasining qurilishi yakunlandi, u fazoviy tadqiqotlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikka qo‘shilishga tayyor.

2022 yilda Xitoy 64 ta parvozni amalga oshirib, o‘z rekordini yangiladi va AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, deb xabar beradi korrespondent.net.

Kiritildi: 10:07 03.11.2023. O'qildi: 1801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik