Bugun 8 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xitoy kemasi Tayvanda suvosti aloqa kabelini uzdi

Xitoy kemasi Tayvanda suvosti aloqa kabelini uzdi

3 yanvar kuni Shunxing39 yuk kemasi Tayvanning shimoli-sharqidagi Szilun portiga yaqin joyda aloqa kabelini uzib qo‘ydi. Bu haqda Financial Times (FT) xabar berdi.

Kema Kamerun bayrog‘i ostida suzsa-da, Tayvan hukumati uning Jie Yang Trading Limited kompaniyasiga tegishli ekanini ma’lum qildi. Gonkongda ro‘yxatdan o‘tgan ushbu firmaning direktori Xitoy fuqarosi hisoblanadi.

Tayvanning Chungwa Telecom aloqa operatori raqamli ma’lumotlar darhol boshqa xalqaro suv osti kabellariga yo‘naltirilganini ta’kidladi.

Kiritildi: 11:31 06.01.2025. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!