Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy Jahon yozgi universiadasini qabul qiladi

A A A
Xitoy Jahon yozgi universiadasini qabul qiladi

Joriy yil 28 iyul-8 avgust kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Chendu shahrida navbatdagi, XXXI Jahon yozgi universiadasi bo‘lib o‘tadi.

“Jenmin jibao” nashri xabarida aytilishicha, mazkur nufuzli sport anjumani bosh media-markazi dunyo ommaviy axborot vositalarini zarur infatuzilma va xizmatlar bilan ta’minlaydi.

Jurnalistlarga ofis, oziq-ovqat, transport, tibbiy xizmat, dam olish va ko‘ngil ochar dasturlar taqdim etiladi. Universiadaning rasmiy ochilishidan keyin media-markazda nomoddiy madaniy merosga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil qilinadi.

Mehmonlar Xitoy xalqining qadimiy madaniy merosi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. Yer yuzining turli mintaqalaridan kelgan jurnalistlar Ba-Shu (Sichuan) madaniyatining noyob va maftunkor jihatlariga guvoh bo‘ladilar.

Bosh media-markaz 25 iyuldan boshlab kun bo‘yi ishlash tartibiga o‘tadi.

Kiritildi: 19:50 19.07.2023. O'qildi: 1934 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik