Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xitoy ishlab chiqarish sohasida robotlar sonini oshirmoqda

A A A
Xitoy ishlab chiqarish sohasida robotlar sonini oshirmoqda

Xitoy hukumati 2025 yilga kelib, 2020 yilga nisbatan ishlab chiqarish sanoatidagi robotlar sonini ikki baravar oshirishga harakat qiladi, deyiladi Xitoy Xalq Respublikasi Sanoat va axborot vazirligi hamda boshqa 16 departament tomonidan birgalikda chop etilgan hujjatda.

«Robotexnika +ni joriy etish va amalga oshirish rejasi» deb nomlangan hujjat avtomatlashtirilgan mexanizmlardan foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.

«2025 yilga kelib yuqorida qayd etilgan sohada xizmat ko‘rsatuvchi maxsus robotlardan foydalanish sezilarli darajada oshadi va mamlakat robototexnika sanoatining yuqori sifatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shish qobiliyati sezilarli darajada mustahkamlanadi», — deyiladi hujjatda.

Reja, shuningdek, 10 ta asosiy sohada robotlardan foydalanishni va robototexnika sohasida 100 dan ortiq innovasion amaliy texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, hujjatda robotlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish bo‘yicha muvofiqlashtirilgan innovasion tizim yaratish, shuningdek, ulardan foydalanish standartlarini ishlab chiqish va targ‘ib qilishni jadallashtirish bo‘yicha sa’y-harakatlar tavsiya etilgan.

Ishlab chiqarish sohasidagi 10 000 ishchi soni bilan o‘lchanadigan robotlarning zichligi ishlab chiqarishdagi aql darajasini aniqlashning asosiy ko‘rsatkichidir.

Kiritildi: 22:55 20.01.2023. O'qildi: 2645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik