Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoy hukumati minglab uyg‘urlar ozod etilganini e’lon qildi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

Xitoy hukumati minglab uyg‘urlar ozod etilganini e’lon qildi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

Bugun Xitoy davlat vakillari hayratlanarli qarorni e’lon qildi. Xabar berishlaricha, G‘arbiy hududda musulmonlar uchun mo‘ljallangan dastur doirasida qamoqda ushlab turilganlar ozod etilgan, ammo bu xabarni tasdiqlovchi hozircha hech qanday aniq raqam va tafsilot berilmagan.

Shinjon viloyati hukumati raisi o‘rinbosari Alken Tuniazning aytishicha, hukumat kasbga tayyorlov markazlari deb ataydigan lagerlarda ushlab turilganlarning 90 foizi oilalariga qaytgan.

Lagerlardan ozod qilinganlarning aytishicha, ular u yerda Islomdan chiqib Xitoyga va Kommunistik partiyaga sadoqatlarini oshirishlari uchun qattiq bosim ostiga olingan.

Xitoy hukumatining hududiy davlat xodimlari bilan amalga oshirayotgan harakatlari Shinjondagi vaziyat yuzasidan qilinayotgan tanqidlarning oldini olishga va vaziyatni yumshatishga harakat qilayotganliklaridan dalolat beradi.

Shinjon viloyati raisi Shohrat Zakir ham mahbuslarning 90 foizi jamiyatga va oilalariga yana qaytganliklarini tasdiqlagan.

Biroq hukumat vakillarining dudmal ma’lumot berishlari yana shubhani keltirib chiqarmoqda. Ozod qilingan mahbuslarga aslida qanchalik ozodlik taqdim etilgan?

Atroflicha tafsilotlarga umum toxtalinmadi, ozodlikka chiqarilganlar hali ham og‘ir cheklovlar ostida bo‘lishi yoki kuchli nazorat ostidagi fabrikalarda ishlashga majbur qilinayotganlari ehtimoldan holi emas.

Uyg‘ur faoli Tohir Imin Xitoyning maxbuslarni ozod qilganligi xususidagi ma’lumotiga ishonmayotganini bildirdi.

«Uyg‘urlar hamon Shinjondagi qarindoshlari bilan bog‘lana olmayaptilar. Hech qanday qo‘ng‘iroq yoki internet a’loqalarining umuman iloji yo‘q. Biz ularning ozod qilinganiga ishonchimiz komil emas», — deydi Tohir Imin.

Janob Iminning aytishicha, agar Xitoy hukumati haqiqatdan ham OAVga bergan ma’lumoti to‘g‘ri bo‘lsa, hududdagi cheklovlarni bekor qilib vaziyatni o‘rganish uchun unga ruxsat berishi kerak.

Xitoy hukumati esa lagerlarda qancha odam ushlab turilgani va qanchasi ozod etilgani haqida ma’lumot berishni rad etgan, hisoblashga vaziyat imkon bermaganini bunga sabab qilib ko‘rsatmoqda.
Avstraliyaning La Trob universiteti siyosat kafedrasi dosenti Jeyms Leyboldning fikricha, lagerlarlardan juda kam miqdordagi odam ozod qilingan va professor ko‘p miqdordagi odamning birdaniga ozodlikka chiqarilishi haqiqatdan ancha yiroqligini bildirdi.

Kiritildi: 17:21 30.07.2019. O'qildi: 2573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!