Mamlakat o‘z elchilarini Yevropadan chaqirtirib olmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' nashri xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, bunga Xitoy armiyasining Tayvan atrafida harbiy mashg‘ulot o‘tkazilishi ortidan G7 davlatlari va Yevroittifoq tanqidiy bayonot bilan chiqshi sabab bo‘lgan. Rasmiy Pekin ularga “Xitoyning ichki ishlariga aralashish” deya norozilik bildirgan.
“Pelosining Tayvanga tashrifi ochiqdan-ochiq siyosiy hiyla-nayrang va Xitoy suverenitetini qo‘pol buzishdir. AQSh provokasiyasiga javoban Xitoyning qarshi hujumi tabiiydir”, — deydi mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Elchilar bilan uchrashuv 4 avgust kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan, biroq vazirlik unda qaysi davlatlar ishtirok etganiga aniqlik kiritmagan. Xitoy G7 e’loniga norozilik sifatida Yaponiya bilan muzokaralarni bekor qildi.
Tayvan Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni ertalab Xitoy harbiy kemalari Tayvan bo‘g‘ozidagi orol va Xitoy o‘rtasidagi norasmiy zonadan o‘tgan.