Xitoyning sanoat ishlab chiqarishi so‘ngi o‘n yilda eng katta yillik o‘sishni ko‘rsatdi. Yanvar-fevral oylarida bu ko‘rsatkich 35 %dan oshdi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yuqori texnologiyalar sohasidagi asbob-uskunalar ishlab chiqarish, chakana savdo va Xitoy iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy investisiyalar hajmi sezilarli darajada o‘sdi.
Bank tahlilchilarining prognozlariga ko‘ra, 2035 yilga kelib Xitoy iqtisodiyoti Amerikadan ustun bo‘lishi mumkin.