Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xillari Klinton Facebook bosh direktori bo‘lmoqchi

A A A
Xillari Klinton Facebook bosh direktori bo‘lmoqchi

AQSh sobiq prezidentining turmush o‘rtog‘i va sobiq davlat kotibi, oxirgi saylovda ushbu mamlakat rahbarligiga o‘z nomzodini qo‘ygan Hillari Klinton Facebook ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori bo‘lish istagi borligini bildirdi. Bu haqda "xs.uz" nashri xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Facebook yangiliklarning dunyodagi eng yirik platformasidir. Klinton xonim aynan mazkur tarmoq orqali aksariyat amerikaliklar yangiliklardan boxabar bo‘lib borishini qayd etgan.

O‘z navbatida u mazkur ijtimoiy tarmoqdan millionlab foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketishi bilan bog‘liq mashmashani ham eslab o‘tar ekan, bu “Facebook” tomonidan qabul qilingan biznes-modelda o‘z asoratini qoldirganini ta’kidladi.

Kiritildi: 00:10 28.05.2018. O'qildi: 1314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik