Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xayrli eshik

A A A
Xayrli eshik

Ertalab bolasini maktabga olib borgan ota o‘ychan edi. Xayolning ming bir tuynugiga bosh suqib chiqarkan, ish so‘rab murojaat qilgan joylaridan qanday natija chiqishini sabrsizlarcha kutardi. O‘ychan alpozda uyoqdan buyoqqa yurar ekan, maktabning yon tarafidagi ko‘cha bo‘yida bir sumkaga ko‘zi tushib qoldi. Birovning sumkasi tushib qolgani aniq edi. Boshqa paytlarda gavjum bo‘lgan ko‘chada tongda qatnov kam bo‘lgani uchun sumkani hech kim ko‘rmagan, chamasi. Sumkani qo‘liga olib, ochar ekan hayratdan qotib qoldi. Uning ichi to‘la pul edi.  O‘sha kunlarda yo‘qchilik jonidan o‘tib ketgan bo‘lsa-da, erkakning xayolidan yomon o‘y o‘tmadi. “Vaqti kelib bu kunlar o‘tadi va albatta menga ham xayr eshigi ochiladi! Birovning haqiga ko‘z tikmayman!” deya o‘yladi. Sumka ichida egasiga tegishli biror hujjat bo‘lmagani uchun polisiya idorasiga qarab yo‘l oldi. 

Polisiya ma’muriga vaziyatni tushuntirgan edi, ma’mur bir necha soat oldin bir portfelni izlaganlarini ma’lum qildi.  Shu tariqa topilgan omonat egasiga topshirildi va bu kishi bilan ham yuzlashtirildi. Portfel egasi bir kun oldin ish so‘rab murojaat qilgan shirkatning boshlig‘i ekanini ko‘rgan kishi butunlay shoshib qoldi. Sumkaning egasi minnatdorchilik bildirib, erkakning yaxshiligini munosib taqdirladi. Albatta, bir kun avval shirkatiga ish istab so‘rovnoma to‘ldirgan kishini esladi. Bu voqeadan bir kun o‘tib, unga shirkatdan qo‘ng‘iroq bo‘ldi va o‘ziga ma’qul shartlarda ishga qabul qilingani aytildi. Bu xushxabar, shubha yo‘qki, erkakni sevinch osmonining yettinchi qavatiga ko‘tardi...

 

SUAT OZGE

Umida Adizova tarjimasi

Manba: islom.uz

Kiritildi: 22:31 25.07.2018. O'qildi: 1788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik