Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xavyer Mendes: "Habib Getjiga qarshi jangdan oldin tepki kasalligiga chalindi"

Xavyer Mendes: "Habib Getjiga qarshi jangdan oldin tepki kasalligiga chalindi"

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes Jastin Getjiga qarshi jangdan avvalgi tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi.

— Bu tayyorgarlik tomondan olib qaralganda eng yomon mashg‘ulot lageri bo‘ldi. Omadimiz kelmadi. Mashg‘ulotlar lagerida stafilokokk «kezib yurdi» va ko‘pchilik kasallandi, shuningdek, tepki kasali bilan ham og‘ridik. Mashg‘ulotlardan ikki hafta oldin Habib tepki bilan og‘ridi. Men xavotirga tushdim. Shu tufayli u dastlabki haftada yengil mashg‘ulot o‘tkazdi, keyin esa oyoq barmog‘ini sindirib oldi.

Natijada u yana mashg‘ulotlardan chetda qoldi. Bu juda og‘ir jarayon bo‘ldi, biroq Habib menga shunday dedi:

«Murabbiy, balki, barmog‘im singandir, biroq aqlim joyida». Unga buni bilishimni aytdim. U nima bo‘lishidan qat’i nazar barcha qiyinchiliklarni yengib o‘ta olishini bilardim, — deydi Xavyer Mendes.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da bo‘lib o‘tgan musobaqada Jastin Getjini mag‘lubiyatga uchratdi. Jangdan keyin rossiyalik sportchi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:56 26.10.2020. O'qildi: 2311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!