Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Xasis baqqol" animasion filmi premyera qilindi

A A A
"Xasis baqqol" animasion filmi premyera qilindi

Bugun Kinematografiya agentligi tomonidan Kinochilar uyida 9 fevral o‘zbek mumtoz adabiyoti asoschisi Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan “Xasis baqqol” animasion filmi premyera qilindi.

Ssenariy mualliflari Abdulatif Haydarov va Rustam Jabborov, rejissyor Abdulatif Haydarov, animator Dilshod Do‘stmuhammedov, kompozitor Toir Asqar, rassom Indira Tursimetova.

Mazkur multiplikasiya buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida keltirilgan hikoya asosida bo‘lib, qahramonlar shakl-shamoyili Sharq miniatyura san’ati, xususan Kamoliddin Behzodning ijod namunalari asosida yaratilgan.

Premyeradan so‘ng, bolajonlar uchun bayram tabriklari tashkil etildi, Navoiy ijodidan namunalar aytildi. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Oldinda, 14 fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan Kinochilar uyida "Yo‘lbarsning tug‘ilishi" filmining namoyishlari o‘tkaziladi.

Kiritildi: 13:54 09.02.2022. O'qildi: 2523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!