Xarkovda havo hujumi paytida bir qator portlashlar sodir bo‘ldi . Bu haqda Ukrainaning «Public» nashri Telegram-kanalida xabar berdi.
«Xarkovda, ehtimol, shahar tashqarisida bir qator portlashlar eshitildi», — deyiladi nashrda.
Ukraina Raqamli transformasiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xarkov viloyatida havo hujumi rejimi ikki soatdan ko‘proq vaqtdan beri amal qilmoqda. Sirenalar Nikolayev, Dnepropetrovsk, Poltava va Sumi viloyatlarida ham eshitiladi.