Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xaridor yo‘q: "O‘zbekiston" mehmonxonasi yana bir bor sotuvga qo‘yildi

A A A
Xaridor yo‘q: "O‘zbekiston" mehmonxonasi yana bir bor sotuvga qo‘yildi

Joriy yilning fevral oyida “O‘zbekiston” mehmonxonasi kompleksini sotish bo‘yicha ochiq tanlov savdolari o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. Hech bir ariza kelib tushmagach, mehmonxona yana bir bor sotuvga qo‘yildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ob’ektning boshlang‘ich bahosi — 33 million AQSh dollari etib belgilangan. Sotuvga mehmonxona bilan birga shu hududdagi barcha inshootlar (ikkita restoran, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, anjumanlar zali va boshqalar) kiradi.

“O‘zbekiston” mehmonxonasi Toshkentning eng mashhur mehmonxonalaridan biri. U 1974 yilda, shaharning qoq markazida qurilgan. Mehmonxona oynalaridan Amir Temur xiyoboni ko‘rinib turadi. Ko‘p qavatli mehmonxona yer qimirlashiga chidamli bo‘lishi uchun yarim aylana shaklida loyihalashtirilgan. 

Ushbu mehmonxonaning davlat ulushini sotib olish bo‘yicha tenderda ishtirok etish uchun murojaat etuvchi yoki uning vakolatli vakili Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga ariza berishi lozim.

Tanlov o‘tkazilmagan, deb hisoblangan taqdirda takroriy tanlov dastlabki tanlov o‘tkazilgan kundan (2019 yil 11 iyun) boshlab har o‘n ish kunida bir marta o‘tkazilishi mumkin.

 

Kiritildi: 11:11 31.05.2019. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!