Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi aralash jamoaviy dasturda finalga yo‘l oldi. Yarim finalda xitoylik sportchilar bilan bahs olib borgan hamyurtlarimiz 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlik uchun bahs olib boradigan bo‘ldi. Jamoamizga finalda dzyudo vatani Yaponiya jamoasi raqiblik qiladi.