Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Xanchjou-2022: Laylo Sobirova yarim finalga yo‘l oldi

A A A
Xanchjou-2022: Laylo Sobirova yarim finalga yo‘l oldi

Ayollar kurashi bahslarida hamyurtimiz Laylo Sobirova (-57 kg) yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Chorak finaldan bahslarga kirishgan sporchtimiz ushbu bosqichda tailandlik Sriprapa Kayevni 9:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u final yo‘llanmasi uchun yaponiyalik Sugumi Sakurai bilan bellashadi.

Afsuski, Aktenge Keunimjayeva (-53 kg) yaponiyalik Remina Yoshimotoga, Temurbek Nasimov (-130 kg) esa qozog‘istonlik Alimxan Sizdikovga imkoniyatni boy berdi. Agar yapon va qozoq kurashchisi finalgacha yetib borsa, hamyurtimiz bronza medali uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoladi.

Kiritildi: 10:11 05.10.2023. O'qildi: 1441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!