Xamas harakati Isroil bilan 3 yanvar kuni Qatar poytaxti Dohada o‘tkaziladigan bilvosita muzokaralar qayta boshlanganini rasman e’lon qildi.
Hujjatda qayd etilishicha, muzokaralar mavzulari G‘azo sektorida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga erishish, Isroil qo‘shinlarini olib chiqib ketish va falastinlik qochqinlarni butun hudud bo‘ylab o‘z uylariga qaytarishdir.
Shu bilan birga, mahbuslar – G‘azoda saqlanayotgan isroillik garovga olinganlarni Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarga almashtirish masalasini muhokama qilish rejalashtirilmagan.