Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xalqaro kosmik stansiyasidagi astronavtlar bosh og‘rig‘idan shikoyat qildi

Xalqaro kosmik stansiyasidagi astronavtlar bosh og‘rig‘idan shikoyat qildi

Bu holatning paydo bo‘lishi sabablari Rossiya va AQSh olimlari o‘rtasida tortishuvlarga sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Amerikaliklar migren paydo bo‘lishiga stansiya atmosferasida karbonat angidrid (CO2) miqdorining ko‘payishi ta’sir qilganiga aminlar. Ularning rossiyalik hamkasblari bu fikrga qo‘shilmaydi. Moskva yaqinidagi kosmonavtlarni tayyorlash markazining veb-saytida e’lon qilingan hisobotdan kelib chiqadiki, astronavtlar vaznsizlik ta’sirida bosh og‘rig‘iga duch kelishadi. Olimlarning fikriga ko‘ra, vaznsizlik holatida boshda qon aylanishi tezlashadi. Bundan tashqari, bunga asosiy sabab astonavtlar karbonat angidridli havodan nafas olayotganlari bo‘lishi mumkin.

Hisobotda aytilishicha, 2008 yilda ba’zi kosmonavtlarning bosh og‘rig‘idan shikoyatlari tufayli Amerika tomoni CO2 darajasini pasaytirish talablarini ilgari surgan. O‘shandan beri ISS atmosferasida karbonat angidrid miqdori chegarasi asta-sekin kamayib bormoqda. Hozirgi vaqtda u uch millimetr simob darajasida saqlanmoqda, ammo “bir qator astronavtlarning bosh og‘rig‘i haqida shikoyatlari davom etmoqda”.

Kiritildi: 18:44 21.06.2021. O'qildi: 1602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!