Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Xalqaro internet tezligi reytingida O‘zbekiston pastladi

A A A
Xalqaro internet tezligi reytingida O‘zbekiston pastladi

2018 yil avgust oyi yakunlari bo‘yicha internet tezligi reytingi (Speedtest Global Index) e’lon qilindi. Reyting mobil va simli internet tezligini hisobga olib tuzilgan.
 
Mazkur reytingda O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 109-o‘rinni egalladi (9,63 Mbit/s).
 
Simli internet tezligi bo‘yicha 116-o‘rinni (7,98 Mbit/s) egalladi. Bu o‘tgan oyga nisbatan ikki pog‘ona past degani.
 
Mobil internet tezligi reytingini Norvegiya (63,13 Mbit/s) boshqarib turibdi, keyingi o‘rinlardan Qatar (63 Mbit/s), Birlashgan Arab Amirliklari (56,6 Mbit/s) joy oldi.
 
Simli internet tezligi bo‘yicha avvalgidek Singapur (189,38 Mbit/s) yetakchi. Undan keyin Islandiya (147,13 Mbit/s), Gongkong (139,58 Mbit/s) joy olgan.

Qalampir.uz

Kiritildi: 12:16 17.09.2018. O'qildi: 1342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik