Unda dunyoning 20 dan ortiq davlatlari qatorida O‘zbekiston davlat filarmoniyasining "Navbahor" raqs ansambli hamda "Bek" doirachilar ansambli ishtirok etdi.
Olti kun davom etgan tanlovda 1-o‘rin O‘zbekiston delegasiyasiga berildi. 2-o‘rin Turkmaniston delegasiyasiga, 3-o‘rin Bolgariya delegasiyasiga nasib etdi.
"Oltin qorako‘z" festivali 62 marotaba o‘tkazilgan bo‘lib, 36 yildan buyon konkurs sifatida tashkil etib kelinmoqda. Festivalning 62 yillik tarixida O‘zbekiston ilk bor 1-o‘rinni egalladi.