Bugun 22 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Xalq Sug‘urta tashkiloti Davaktiv tasarrufiga o‘tkazildi

Xalq Sug‘urta tashkiloti Davaktiv tasarrufiga o‘tkazildi



Xalq Sug‘urta AJ Xalq Bankidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tasarrufiga o‘tkazildi.

Shu munosabat bilan kompaniya Xalq Bankining affillangan shaxslari ro‘yxatidan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, 28 avgust kuni Prezidentning iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonda Xalq Sug‘urta aksiyadorlik jamiyati 2026–2027 yillarda ommaviy savdoga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Xalq Sug‘urta kompaniyasi hozirda mavjud to‘qqizta davlat bankidan biri bo‘lgan Xalq Banki tomonidan 2011 yilning 24 mart sanasida tashkil etilgan.

Kiritildi: 18:43 20.10.2026. O'qildi: 356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!