Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Xalifa matematik masalani ajoyib usulda yechib berdi

Xalifa matematik masalani ajoyib usulda yechib berdi

Matematikadan masala. Uch kishi bor edi. Ular meros yo‘li bilan turli nisbatda 17 tuyaga ega bo‘lishgan. Ulardan biriga merosning yarmi tegadi. Ikkinchisiga uchdan biri tegadi. Uchinchisiga to‘qqizdan biri tegadi.

Nasab bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

Birinchisiga 17 taning yarmi. Ya’ni 8,5 ta. Ikkinchisiga 17 taning uchdan biri. Ya’ni  5,666666666666667 ta. Uchinchisi 17 taning to‘qqizdan biri. Ya’ni 1, 888888888888889 ta.

Ular o‘zaro bu tuyalarni taqsimlashning uddasidan chiqa olishmadi. Yo tuyalardan birini so‘yish lozim edi yoki taqsimlashdan oldin bir qismini sotish lozim edi.

Ular muammoni hal qilish uchun maslahatga xalifa Aliy roziyallohu anhuning huzurlariga borishdi.  Hazrati Aliy karramallohu vajhahu: "Menga o‘zimning tuyalarimdan bir tuyani tuyalaringizga qo‘shishimga ruxsat berasizmi?", deya so‘radilar. Ular taajjublanib ruxsat berishdi. Barcha tuya 18 ta bo‘ldi. Xalifa tuyalarni quyidagicha taqsimladilar:

Birinchisi yarmini olar edi. 18 ning yarmi 9 ta bo‘ladi. Unga to‘qqiztani berdilar. Ikkinchisi uchdan birini olar edi. 18 taning uchdan biri 6 ta bo‘ladi. Ikkinchisiga oltitani berdilar. Uchinchisiga to‘qqizdan biri tegar edi. 18 taning to‘qqizdan biri 2 ta bo‘ladi. Uchinchisiga 2 ta tuyani berdilar. Qizig‘i, ularga taqsimlangan barcha tuya 17 ta bo‘ldi. Ulardan har biri o‘z haqqini oldi. Hazrati Aliy karramallohu vajhahu o‘zlarining bitta tuyalarini qaytarib oldilar.

Hikmat shuki, yechimi yo‘q muammoning o‘zi yo‘q. Talab qilingan narsa faqatgina diqqat va e’tiborliroq bo‘lishdir!

Kiritildi: 07:15 10.12.2019. O'qildi: 2596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!