Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

X ijtimoiy tarmog‘ining Parijdagi ofisida tintuv o‘tkazilmoqda — Parij prokuraturasi

X ijtimoiy tarmog‘ining Parijdagi ofisida tintuv o‘tkazilmoqda — Parij prokuraturasi

Tintuvni Parij prokuraturasining kiberjinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari kiberjandarmeriya va Yevropol bilan hamkorlikda 2025 yil yanvar oyida ochilgan tergov doirasida o‘tkazmoqda, deyiladi prokuratura bayonotida.

Tergov fransiyalik deputatning shikoyatidan keyin boshlangan. Uning aytishicha, X ijtimoiy tarmog‘idagi algoritmning noxolisligi avtomatlashtirilgan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi ishiga noto‘g‘ri ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Parij prokuraturasi X ijtimoiy tarmog‘ini tark etayotgani va keyingi muloqotni LinkedIn va Instagram orqali olib borishini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 16:55. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!