Butunjahon boks ittifoqi(WBC)ning dekabr oyi uchun yangilangan reytingidan o‘zbekistonlik 6 nafar charm qo‘lqop ustasi joy oldi.
Superog‘ir vaznda jang olib borayotgan tajribali bokschimiz Bahodir Jalolov 10-o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, eng o‘rta vazn toifasida (76,2) harakatlanayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev 9-o‘rindan joy oldi.
Mahoratli sportchimiz Isroil Madrimov birinchi o‘rta vazn (69,8) toifasida 3-o‘rinni, Otabek Xolmatov yarim yengil vaznda (57,1) 17-o‘rinni, Olimjon Nazarov yengil vaznda (50,82) 37-o‘rinni, 2024 yilning eng yaxshi sportchisi sifatida e’tirof etilgan Hasanboy Do‘smatov birinchi o‘ta yengil vaznda (47,6) 3-o‘rinni band etdi.