Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Voronejda o‘zbekistonlik erkak otib o‘ldirildi. Nega?

Voronejda o‘zbekistonlik erkak otib o‘ldirildi. Nega?

Talov tumanida 16 sentyabr, yakshanba kuni yosh erkakning jasadi o‘q otar quroldan olgan jarohatlar izi bilan topildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Voronej oblasti bo‘yicha tergov boshqarmasi xabar bermoqda.

Voronejlik tergovchilar polisiyachilar bilan birgalikda ehtimoliy qotilni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, erkakni ov miltig‘i bilan 48 yoshli mahalliy fuqaro otib o‘ldirgan.

Xabar qilinishicha, jinoyatchi yakshanba kuni kechqurun o‘z akasi bilan gaplashib olish uchun uning uyiga miltiq olib borgan. Biroq, akasi uyda bo‘lmagan, uyda ikki ijarachi - O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan erkaklar va bir ayol kishi bo‘lgan.

Miltiq bilan qurollangan erkak ijaradagi shaxslardan akasini topib berishni talab qilgan, so‘ng 31 yoshli migrantga o‘q uzgan. Jarohat olgan erkak voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi. Ikkinchi ijarachi va ayol kishi qotilning qo‘lidan miltiqni olib qo‘yishga muvaffaq bo‘lishgan.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 19:06 17.09.2018. O'qildi: 1761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!