Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Volkswagen 30 ming xodimini qisqartirishi mumkin

Volkswagen 30 ming xodimini qisqartirishi mumkin

"Manager-Magazin" nashri xabar berishicha, Germaniyaning "Volkswagen" avtomobil konserni o‘rta muddatda 30 ming nafargacha ishchisini bo‘shatmoqchi.

Qisqartirish tarafdorlari fikricha, hozirgi 130 ming xodim 30 ming kishiga kamayishi kerak.

Shuningdek, o‘rta muddatli istiqbolda investisiyani taxminan 20 milliard yevro qisqartirish masalasi ko‘rib chiqayotgani xabar qilingan.

Konsern rahbari Oliver Blume ta’kidlashicha, "Volkswagen" raqobatchilarda Yevropaga kirib kelish istagi kuchaygani va mamlakatning raqobatbardoshligi pasayishi tufayli tejamkorlik yo‘liga o‘tmoqda. Kompaniya ishdan bo‘shatish holatlari va Germaniyadagi ishlab chiqarish korxonalari yopilishini istisno etmadi.

"Bild" gazetasi qisqartirish 2025 yil 1 iyuldan boshlanishi mumkinligini yozgan.

Kasaba uyushmalari allaqachon konsern rejasiga, jumladan, ish tashlashga qarshi chiqishga tayyorligini e’lon qilgan.

Evropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assosiasiyasi hisobot berib, iyul oyida "Volkswagen Group" tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi avtomobillar savdosi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 foiz tushganini ta’kidlagan.

Kiritildi: Bugun 09:56. O'qildi: 217 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!