Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Iveco rusumli yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi

Vodiy—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Iveco rusumli yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi

2024 yil 30 iyun kuni soat 00:45 da A-373 «M-39 a/y.- Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh» avtomobil yo‘lining 268- km.qismi «Vodiy-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «IVECO» rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yo‘qotib YPX maskanidagi beton to‘siqqa urilib, yong‘in sodir bo‘lgan.

"Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘l transport hodisasi natijasida yonib ketgan yuk avtotransport vositasidagi yong‘in bartaraf etildi", - deyiladi Qamchiqavtoyo‘l xabarida.

Tan jarohati olganlar yo‘q. Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.

Kiritildi: 09:58 30.06.2024. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!