Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Vinisiusga jiddiy xaridor chiqdi

Vinisiusga jiddiy xaridor chiqdi

The Touchline nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan "Arsenal" kelasi mavsum oldidan o‘z safiga "Real" superyulduzi Vinisius Juniorni qo‘shib olmoqchi.

Manbaning ta’kidlashicha, potensial bitimning asosiy tashabbuskori “kanonirlar” bosh murabbiyi Mikel Arteta hisoblanadi.

Ispaniyalik mutaxassis braziliyalik futbolchini jamoa hujum chizig‘i uchun eng mos nomzod, jamoani jiddiy kuchaytirishi mumkin bo‘lgan o‘yinchi sifatida baholamoqda va klub rahbariyatidan uni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Shu bilan birga, bunday transferni amalga oshirish oson emas. Braziliyalik hujumchi hanuz madrid klubining eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, uning bozor qiymati 140 million yevro atrofida baholanmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:31. O'qildi: 292 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!