Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior o‘z kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelgan ko‘rinadi.
Braziliyalik futbolchi o‘z agentlariga "qirollik klubi"da qolishni istashini ma’lum qildi. Cope nashri manbasiga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining murojaati shunday bo‘lgan: "Iloji boricha tezroq hamma narsani hal qilishingiz kerak — men qolishni xohlayman". Yulduz o‘yinchi Londonning "Arsenal" klubi tomonidan qiziqish borligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, jamoasini o‘zgartirish niyatida emas.
"Real" va Vinisius haligacha yangi shartnomaning moliyaviy shartlari bo‘yicha kelisha olishgani yo‘q: forvard "qaymoqranglilar" taklif qilayotganidan (20 million yevrodan) yiliga 10 million yevro ko‘proq maosh olmoqchi, shuningdek, bonus to‘lovlari va imij huquqlarining tafsilotlarida ham kelishmovchiliklar mavjud. Amaldagi shartnoma kelasi yilning o‘rtalarida yakuniga yetadi.