1 iyun kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida avtomobilni hujjatlarsiz boshqargan 16 yoshli bola 4 nafar odamning bevaqt o‘limiga sabab bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Kosonsoy tumanida yashagan 16 yashar bola Lacetti mashinasini hech qanday hujjatlarsiz minib ko‘chaga chiqadi. U avtomobilni Bog‘ishamol-2 mahallasi hududida haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotish oqibatida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketadi va qarshisidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashadi. Urilgan Nexia yo‘l chetidagi yana bir Nexia’ga borib uriladi. Voqea tungi 22:47 da ro‘y bergan.
Mudhish xodisa natijasida Lacetti haydovchisi, Nexia haydovchisi va uning ikki nafar yo‘lovchilari jiddiy jarohat olib voqea joyida vafot etgan.
Bundan tashqari, tezlikda boshqarib kelinayotgan Nexia’dagi 3 nafar yo‘lovchi, yo‘l chetida turgan Nexia avtomashinasi salonidagi 1 nafar yo‘lovchi hamda Lacetti’ning 1 nafar yo‘lovchisi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Manba: qalampir.uz