Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Video: Kirkorov va Baskov Toshkentga mast holda keldi

Video: Kirkorov va Baskov Toshkentga mast holda keldi

Avvalroq, Humo Arena muz saroyining tantanali ochilish marosimida Rossiya estradasi vakillari Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov ham ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.

Qalampir nashrining yozishicha, bugun, 15 mart kuni Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov chiqqan samolyot Toshkent xalqaro aroportiga yetib keldi. Qo‘shiqchilar trapga chiqishi bilan mast ekanini yashirmay, masxarabozlik qila boshlagan. Bu haqda Rossiya OAV xabar beryapti.

Qayd etilishicha, Filipp Kirkorov va Nikolay Baskov samoltdan tushmasdan o‘zining ustunligi ni ko‘rsatib, Tashkent! Salam Oleykum! , deb baqirgan.

Baqirib, maqtanib bo‘lgach, qo‘shiqchilar marosim tashkilotchilari tomonidan yuborilgan mashinaga o‘tirgan. Ammo mashinaga o‘tirgandam keyin ham ular tinchimagan. Faqat bu safar barchaning oldida emas, telefon kamerasi qarshisida Instagram ijtimoiy tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda davom etishgan.

Biz Filipp bilan O‘zbekistonda limuzindamiz , degan Baskov. Kirkorov hamrohining gapini olib, Men uni menga sovg‘a qilishlarini xohlayman , degan.

Baskov esa balki sening tug‘ilgan kuningga shunday mashina sovg‘a qilishar deb aytgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari videoni ko‘rgach, hamkasblar ochilish marosimi va o‘z imijini bir chetga surib, samolyotda yaxshigina ichishga ulgurganini anglagan. Foydalanuvchilar aeroportdagi tomosha bilan qo‘shiqchilar faqatgina o‘zini emas, mehmon bo‘lib kelgan mamlakatga nisbatan ham hurmatsizlik qilganini aytib, ularning harakatini qoralagan.

Kiritildi: 18:32 15.03.2019. O'qildi: 5738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!