Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Video: Jizzaxda o‘quvchilar kaltaklandi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xizmat tekshiruvini boshladi

Video: Jizzaxda o‘quvchilar kaltaklandi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xizmat tekshiruvini boshladi

Jizzax viloyati SH.Rashidov tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli  21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda berilgan videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.


Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 2019 yil 18 noyabrdagi 173-sonli buyrug‘i bilan tezkor ishchi guruhi tuzilib, bugungi kunda SH.Rashidov tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xizmat tekshiruvi ishlari olib borilmoqda. 
Yukorida ta’kidlab o‘tilgan maktabning  8-“V” sinf rahbari Ziyat Pardayev 2019 yilning 22 oktyabr kuni o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilari Nazarqulov Umurzoq, Ravshanov Og‘abek hamda Ishpo‘latov Sheralilarni sababsiz darsga qatnashmasdan ko‘chada yurganligini aniqlagan. Shundan so‘ng, sinf rahbari Ziyat Pardayev o‘quvchilarni mashinasida ko‘chadan olib kelgan hamda sinfga olib kirib pedagoglarga xos bo‘lmagan hatti-harakatlar bilan jazolagan. 
Maktabning 8-”V” sinf o‘quvchilarning 2019-2020 o‘quv yili 1-choragi davomati o‘rganilganda, sinf rahbari tomonidan jazolangan o‘quvchilar muntazam ravishda dars mashg‘ulotlariga kechikib kelishlari va sababsiz dars qoldirishlari ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan videolavha bo‘yicha maktab jamoasi, ota-onalar qo‘mitasi, kuzatuv kengashi a’zolari hamda o‘qituvchilar bilan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi. 
Ushbu holat yuzasidan SH.Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Kiritildi: 13:22 19.11.2019. O'qildi: 2445 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!