Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Video: iPhone odamni o‘qdan saqlay oladimi?

A A A
Video: iPhone odamni o‘qdan saqlay oladimi?

iPhone odamni o‘qdan himoyalab, uning hayotini saqlab qola oladimi? Bu savolga javobni YouTube’dagi EverythingApplePro videokanali mualliflari topishga harakat qilishdi. Ular Apple smartfonlarini ular qanchalik o‘q o‘tkazmasligini tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi va bu jarayonni video orqali namoyish qilishdi. 

Bu tajribaning natijalari yetarlicha qiziq bo‘ldi: hattoki 4 ta ketma-ket qo‘yilgan iPhone yaqin masofadan o‘q tegishiga bardosh bera olmadi. AK-74 "Kalashnikov" avtomatidan uzilgan o‘q 4 ta smartfonni ham teshib o‘tib, 5-smartfonda tiqilib qolib, uni yaroqsiz holatga keltirdi. 

Tajriba yana bir bor o‘tkazilganda, vaziyat deyarli birinchi holatdagidek bo‘ldi, biroq bu gal o‘q 5 ta smartfondan o‘tib, 6-smartfonga urilib to‘xtadi. Biroq shunga qaramasdan, 6-smartfon ishlashda davom etgan.

Bu tajribadan ko‘rinishicha, ko‘ylak yoki kostyumning cho‘ntagida bo‘lgan iPhone odamni yuragiga o‘q tegishidan saqlab qolgani haqidagi gaplar "cho‘pchak"ka o‘xshaydi. Rolik mualliflari buni yodda tutishni va ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilishmoqda.

Manba: xabardor.uz

Kiritildi: 12:51 19.06.2018. O'qildi: 1611 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!