Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Veolia Energy Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi 15% ga oshishi bo‘yicha izoh berdi

Veolia Energy Toshkentda issiqlik va issiq suv narxi 15% ga oshishi bo‘yicha izoh berdi

"2023 yilda korxonalar uchun elektr energiyasiga tariflar keskin oshdi. Bu qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun biz 2023 yilning 2 dekabridan boshlab byudjet tashkilotlari va boshqa yuridik shaxslar uchun tariflarni oshirishga majbur bo‘ldik. Biroq aholi uchun tarif 2023/2024 yilgi isitish mavsumi oxirigacha o‘zgarishsiz qoldi. 2024 yilning 2 aprelidan boshlab u 15% ga oshdi, bu esa energiya resurslari narxining o‘sish sur’atlaridan ancha past", — deyiladi Veolia Energy xabarida.

Kompaniya tariflarni oshirish majburiy qadam bo‘lganini ta’kidladi.

"Biz iqtisodiy reallik va fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash o‘rtasida muvozanatni saqlash uchun barcha choralarni ko‘ryapmiz", — deyiladi Veolia Energy ma’lumotida.

Kiritildi: 21:10 21.09.2024. O'qildi: 366 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!