Vengriyada saylov uchastkalari ochildi, mamlakat fuqarolari bir mandatli okrug bo‘yicha nomzodga va partiya uchun ovoz bermoqda.
Saylovlarda jami beshta partiya ishtirok etmoqda. Asosiy raqiblar 2010 yildan beri bosh vazir lavozimini egallab kelayotgan Viktor Orbanning Fides partiyasi va 2020 yilda tashkil etilgan Peter Madyar boshchiligidagi Tisa partiyasidir. Madyar 2024 yilda hukmron partiyani tark etib, muxolifatga o‘tgan.
Mustaqil ijtimoiy so‘rovnomalar Tisa'ning ishonchli g‘alabasini bashorat qilmoqda, biroq hukumatga yaqin markazlar Orbanning partiyasi parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qolishini taxmin qilmoqda.