Bugun 20 sentyabr, 2024 yil, juma

КИР

Vengriya Afrikaga qo‘shin yuboradi

Vengriya Afrikaga qo‘shin yuboradi

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban migrasiyani jilovlash uchun Chadga 200 nafar askar yuborishni rejalashtirayotganini aytdi. Bu haqda u Budapeshtda Chad prezidenti Mahamat Idriss Debi Itno bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.

Chad migrasiyaga qarshi kampaniyada muhim rol o‘ynaydi, dedi Orban o‘zining Facebook sahifasida.

«Afrikadan Yevropaga migrasiyani Sahel mintaqasi davlatlarisiz to‘xtatib bo‘lmaydi. Shu sababli Vengriya Chad bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda. Biz bugun va ertaga prezident Debi bilan birgalikda bu borada ishlayapmiz», dedi Orban.

Vengriya Afrika va musulmon dunyosidan kelgan muhojirlar va boshpana izlovchilarga nisbatan qattiq munosabatda bo‘lgan Yevropa davlatlari sirasiga kiradi.

Biroq, ko‘plab tahlilchilar Orbanning Sahel mamlakatlari bilan yaqinlashishida pragmatik manfaat va iqtisodiy manfaatlarni ko‘rishadi: dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan Vengriya minerallarga boy Sahelda o‘z o‘rnini egallashga intilmoqda.

Kiritildi: 12:37 18.09.2024. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!