Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Venesueladagi siyosiy jarayonlarga Mariya Korina Machado ham jalb etiladimi?

Venesueladagi siyosiy jarayonlarga Mariya Korina Machado ham jalb etiladimi?

Tramp Venesueladagi siyosiy jarayonlarga Mariya Korina Machado ham jalb etilishi mumkinligiga umid qilishini bildirdi.

Donald Tramp bu haqda AQSh prezidenti lavozimiga kirishganining bir yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Machado bilan muloqot olib bormoqda va uni muayyan shaklda Venesueladagi siyosiy jarayonlarga qo‘shish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Oq uy rahbari muxolif siyosatchining faoliyatini yuqori baholab, Machadoning so‘nggi harakatlarini “hayratlanarli” deb atadi.

Shuningdek, Tramp Venesuela bilan hamkorlik ijobiy shaklda yo‘lga qo‘yilayotganini ta’kidlab, mamlakat unga yoqishini bildirgan.

Kiritildi: 13:45 21.01.2026. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!