Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Venesuelada yana 116 nafar mahbus ozod qilindi

Venesuelada yana 116 nafar mahbus ozod qilindi

Venesuela hokimiyatlari respublikada konstitusiyaviy tartibni buzgan 116 nafar mahbusni ozod qildi.

Bu haqda Bolivar Respublikasi Qamoqxona xizmati vazirligi bayonot bergan.

«So‘nggi soatlarda dekabr 2025 yili ozod qilingan 187 nafar mahbusga qo‘shimcha ravishda 116 nafar mahbus ozod qilindi», — deb aytiladi xabarda.

Bayonotda qayd etilishicha, qaror konstitusiyaviy tartibni buzgan fuqarolarga nisbatan qabul qilingan va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

O‘tgan hafta Venesuela Milliy assambleyasi (parlamenti) raisi Xorxe Rodriges mamlakatda milliy birlik va tinch hayotni ta’minlash maqsadida ko‘plab mahbus, shu jumladan xorijiy fuqarolarni ozod qilishga qaror qabul qilinganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Italiya bosh vaziri Djordja Meloni Venesuela ikki nafar italyan mahbusni ozod qilganini xabar qilgan.

Kiritildi: 07:00 13.01.2026. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!