Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Venesuelada koronavirus bilan kasallanganlarning uyiga maxsus belgi qo‘yishga qaror qilindi

Venesuelada koronavirus bilan kasallanganlarning uyiga maxsus belgi qo‘yishga qaror qilindi

Venesuelaning Yarakuy shtatidagi Sukre munisipaliteti meri Luis Duke koronavirus bilan kasallanganlar yashovchi uylarga maxsus taxtachalar ilishga ko‘rsatma berdi, deb yozmoqda Reuters.

Uylarga ilinadigan oq rangli taxtachaga qizil diametrli aylana (taqiq belgisi) tasviri tushirilgan.

«Biz xalqimizni himoya qilyapmiz. Bu belgi ilingan uyda koronavirusga chalingani aniqlangan yoki gumon qilinayotgan odam yashayotganini anglatadi, odamlar esa bundan ogoh bo‘ladi», — deb izohladi Duke o‘zining qarorini.

Shuningdek, karantin qoidalarini buzganlar jazo tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari va taom tayyorlash uchun beriladigan gaz kabi imtiyozlardan mahrum qilinadi. Bundan tashqari, ular mamlakatda belgilangan eng kam ish haqi — to‘qqiz dollar miqdorida jarimaga tortiladi.

Huquq himoyachilari shahar kengashining bunday keskin choralariga qarshi chiqdi.

«Biz uning qarorini qoralashimiz hamda o‘zining uyiga ham taxtacha ilishga to‘g‘ri kelmasligi uchun unga mustahkam sog‘liq tilashimiz lozim», — dedi inson huquqlari bo‘yicha advokat Tamara Suju.

Reuters’ning ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuelada koronavirusning yangi to‘lqini boshlangan, avvalgisi 2020 yilning avgust oyida qayd etilgan edi.

Bugungi kungacha 28,4 million aholisi bo‘lgan Venesuelada koronavirus bilan bog‘liq 170 mingdan ortiq holat qayd etildi, shundan 154 mingdan ortig‘i sog‘aydi, 1705 kishi esa virus qurboniga aylandi.

Ma’lumot uchun, Venesuela prezidenti Nikolas Maduro koronavirusga qarshi vaksina uchun neft bilan haq to‘lashni taklif qilgandi, shuningdek, mamlakatda aholini «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash boshlangan.

Kiritildi: 09:58 09.04.2021. O'qildi: 1384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!