Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Venesuelada hindular milliy gvardiya generalini asirga olishdi

Venesuelada hindular milliy gvardiya generalini asirga olishdi

Venesuelada pemon elatiga mansub hindular milliy gvardiya generali Xose Migel Montoyyani Braziliya bilan chegra yaqinida asirga olishdi. Bu haqda mamlakat parlamenti deputati Ameriko de Grasiya tvitterda ma’lum qildi.

22 fevralda armiyaning Bolivar shtatidagi hindularga qarshi harakatlari oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi yaralandi. Nacional portali ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylar San-Fransisko-de-Yuruani posyolkasiga kelib, ko‘chada to‘plangan mahalliy aholiga o‘q uzishgan. Bunga javoban hindular uch askarni asirga olishgan.

Kumarakapayda pemon elatining yana bir vakili halok bo‘ldi. 3 kishi og‘ir yaralangan. Mahalliy aholi hujumga qo‘mondonlik qilgan, general Xose Migel Montoyyani asirda ushlab turibdi , deb aytgan de Grasiya.

Voqea yuz bergan posyolok Braziliya bilan chegarada joylashgan. Bu yer prezident Nikolas Maduroning buyrug‘iga ko‘ra gumanitar yordam yetkazilmasligi uchun yopib qo‘yilgan. Maduro hukumati gumanitar yordamning mamlakatga kiritilishiga qat’iy qarshi chiqmoqda, muxolifat esa minglab odamlarni ocharchilikdan qutqarish uchun uning kiritilishini talab qilmoqda.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 05:10 23.02.2019. O'qildi: 1400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!