Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Venesuela Tashqi ishlar vazirligi: Karakas va Jorjtaun Essekibo bo‘yicha muzokaralar olib boradi

A A A
Venesuela Tashqi ishlar vazirligi: Karakas va Jorjtaun Essekibo bo‘yicha muzokaralar olib boradi

Venesuela va Gayana Essekibo bilan hududiy mojaro yuzasidan bevosita muzokaralar olib boradi.

Bu haqda Venesuela tashqi ishlar vazirligi xabar bermoqda.

RIA Novosti xabar berishicha, bu bir kun avval Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva hamda San-Vinsent va Grenadin bosh vazirining Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatlari tufayli ro‘y beradi.

Venesuela tashqi ishlar vaziri Ivan Gilning ta’kidlashicha, suhbatlar davomida Lotin Amerikasi va Karib dengizini “tashqi o‘yinchilarning aralashuvidan xoli” tinchlik zonasi sifatida saqlab qolish istagini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Gayana bilan yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkazish taklifi olingan.

Kiritildi: 09:22 10.12.2023. O'qildi: 851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!