Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Venesiyaning Katta kanali yashil tusga kirdi

Venesiyaning Katta kanali yashil tusga kirdi

Venesiyaning asosiy suv yo‘li — Katta kanal suvlari yorqin yashil rangga aylandi, deb xabar berdi mahalliy nashrlar.

"Prefekt suyuqlikning kelib chiqishini tekshirish uchun polisiya bilan favqulodda yig‘ilish chaqirdi", dedi Veneto viloyati rahbari Luka Zaia.

Bir versiyaga ko‘ra, bo‘yoq atrof-muhit faollari tomonidan to‘kilgan bo‘lishi mumkin.

OAVning qayd etishicha, mahalliy aholi ikki qayiqning yonidan bo‘yoq briketlarini sochgan bir guruh norvegiyaliklar haqida xabar berishgan.

Jurnalistlarning fikricha, bu aksiya qaysidir san’atkorning namoyishkorona chiqishi bo‘lishi mumkin. Yashil suvdan namunalar yong‘in xavfsizligi boshqarmasi va viloyat atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan olingan va tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:59 28.05.2023. O'qildi: 2245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!