Vashington Italiya tomonidan ishlab chiqilgan Ukraina uchun tinchlik rejasini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, reja to‘rt banddan iborat:
— sulh;
— Ukrainaning xalqaro xavfsizlik kafolatlari va Yevropa Ittifoqiga kirish jarayoni bilan neytral maqomi;
— Kiyev va Moskva o‘rtasida hududiy masalalar bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvni ishlab chiqish;
— Yevropada yangi ko‘p tomonlama xavfsizlik shartnomasini imzolash.