Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Vakillar palatasining yangi spikeri saylandi

A A A
Vakillar palatasining yangi spikeri saylandi

Respublikachi kongressmen, sobiq Prezident Donald Trampning tarafdori Mayk Jonson AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri etib saylandi. “CNN” telekanali xabarida ovoz berish jarayonida uning nomzodini 220 deputat qo‘llagani, raqobatchi-demokrat Hakim Jefris 209 ovoz olgani aytilgan.

Amaldagi tartibga ko‘ra, spiker saylovida nomzodni qo‘llash uchun kamida 217 ovoz zarur.

Tramp Jonsonni g‘alaba bilan tabriklagan.

– Jonson Vakillar palatasining ajoyib spikeri bo‘ladi, biz unga yordam berishdan mamnun bo‘lamiz,- degan sobiq davlat rahbari.

Palata 3 oktyabr kuni respublikachi spiker Kevin Makkartini lavozimidan chetlatgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, spikersiz byudjet yoki boshqa qonunlar qabul qilinishi mumkin emas.

Kiritildi: 11:07 26.10.2023. O'qildi: 2101 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik