Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Vakillar palatasi Baydenga nisbatan impichment bo‘yicha tergovni ma’qulladi

Vakillar palatasi Baydenga nisbatan impichment bo‘yicha tergovni ma’qulladi

AQSh Kongressining Vakillar palatasi mamlakatning amaldagi prezidenti Jo Baydenga nisbatan impichment tekshiruvini o‘tkazishga ruxsat beruvchi rezolyusiyani yoqlab ovoz berdi.

Tashabbusni 221 respublikachi qo‘llab-quvvatladi. 212 demokrat kongressmen unga qarshi ovoz berdi.

Tergov, boshqa narsalar qatori, Oq uy rahbarining o‘g‘li Xanter Baydenga ham tegishli. Respublikachilarning aytishicha, u o‘z biznes faoliyatida otasining ta’siridan foydalangan. .

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp 2016 yildan 2020 yilgacha davlat rahbari bo‘lgan davrda Vakillar palatasi tomonidan ikki marta impichment e’lon qilingan edi. Senatdagi ovoz berishdan keyin u oqlandi.

Kiritildi: 14:50 14.12.2023. O'qildi: 1216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!