Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Vahshiylik! Ota-ona 10 oylik qizining o‘lishini tomosha qilib turdi (foto+video)

Vahshiylik! Ota-ona 10 oylik qizining o‘lishini tomosha qilib turdi (foto+video)

Michiganda dahshatli voqea sodir bo‘ldi.

Dushanba kuni 6 avgustda 27 yoshli Set Uelch va Tatyana Fuzarilar allaqanday diniy tushunchalari tufayli 10 oylik qizalog‘ining o‘limini kuzatib turishdi.

Gap shundaki, vahshiy ota-ona mantiqsiz qarashlari tufayli go‘dagining ro‘za tutishini istagan. 10 oylik qizaloq esa ochlik va suvsizlikdan qiynalgan. Ammo Set va Tatyana shifokor chaqirmagan. Keyinchalik ular bu xatti-harakatlarini dinlarida shifokor chaqirish mumkin emasligi bilan izohlashgan. Qolaversa, ularning e’tiqodiga ko‘ra, ojizlar o‘limga mahkum ekan. Ota-ona ana shu chirkin qarashlari sababli qizalog‘i o‘lganidan keyin shifokor chaqirgan.

Ayolning 2 va 4 yoshli farzandlari bor va ular ham emlanmagan. Ayni damda bolalar bobosi va buvisining qaramog‘ida. Tatyana 4-farzandiga homilador.

Bu qotil ota-onani bir umrlik, amnistiyasiz qamoq jazosi kutmoqda.

Kiritildi: 10:07 10.08.2018. O'qildi: 4234 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!