Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

«Vagner» AQSh Moliya vazirligi tomonidan xalqaro jinoiy tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

«Vagner» AQSh Moliya vazirligi tomonidan xalqaro jinoiy tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh Moliya vazirligi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasini transmilliy jinoiy tashkilot sifatida tasnifladi. Kompaniya va uning asoschisi Yevgeniy Prigojinga aloqador tuzilmalarga qarshi yangi sanksiyalar joriy etildi.

«Vagner» guruhiga, shuningdek, uning hamkorlari va Rossiya harbiy kompleksini qo‘llab-quvvatlovchi boshqa kompaniyalarga nisbatan joriy qilinayotgan yangi sanksiyalar Putinga o‘z harbiy mashinasini qurollantirish va jihozlashda yanada to‘sqinlik qiladi», dedi AQSh moliya vaziri Janet Yellen.

AQSh Moliya vazirligi shuningdek, «Vagner»ga aloqador 12 ta kompaniyaga nisbatan ham sanksiyalar kiritdi:

- «Almaz-Antey» aksiyadorlik jamiyati;

- «Terra Tex» (Rossiya) aksiyadorlik jamiyati;

- «Tyani» (Xitoy) ilmiy-tadqiqot instituti;

- Sewa Security Services (MAR);

- Officer’s Union for International Security (MAR);

- Kratol Aviation (BAA);

- «Aviakon Sitotrans» (Rossiya);

- Ural fuqarolik aviasiyasi zavodi (Rossiya);

- Milliy aviasiya-servis kompaniyasi (Rossiya);

- «Prima» (Rossiya) ilmiy ishlab chiqarish korxonasi;

- «Gamma» (Rossiya) ilmiy ishlab chiqarish korxonasi;

- «TKX-Invest» (Rossiya) aksiyadorlik jamiyati;

«Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi rossiyalik tadbirkor, «Putinning oshpazi» nomi bilan tanilgan Yevgeniy Prigojin tomonidan tashkil etilgan. Guruh 2014 yilda Ukrainada, keyinchalik Suriya, Liviya va Markaziy Afrika Respublikasidagi harbiy harakatlarda qatnashgani haqida ma’lumotlar bor.

2017 yilda guruh AQSh sanksiyalari ro‘yxatiga kiritildi.

Shuningdek, BMT va Fransiya «Vagner» jangchilarini Markaziy Afrika Respublikasidagi zo‘ravonliklar va qotilliklarda ayblaydi.

Kiritildi: 23:33 26.01.2023. O'qildi: 2602 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!