Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

"Vafot etgan onamning kiyimlarini olib qo‘ysam bo‘ladimi?​​​​​​​.."

"Vafot etgan onamning kiyimlarini olib qo‘ysam bo‘ladimi?​​​​​​​.."

— Yaqinda onamiz bandalikni bajo keltirdilar. Ta’ziya kunlari onamizning kiyim-kechaklari qarindosh va qo‘shni ayollarga tarqatildi. Bir juft kiyimlarini esdalik uchun qoldirgandik. Eshitishimizcha, bunday qilish to‘g‘ri emas ekan. Shu haqida biror maslahat bersangizlar, iltimos...

— Dinimizda meros deb atalgan ulkan hukmlar to‘plami mavjud bo‘lib, uning bayonini Alloh taolo Qur’oni karimda alohida zikr qilgan va taqsimotni O‘zi belgilagan. Meros oyatining nozil bo‘lishiga ushbu voqea sabab bo‘lgan edi. Sa’d ibn Robe’ning xotini Sa’ddan bo‘lgan ikki qizini Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keltirib:

“Ey Allohning Rasuli, manavi ikkovi Sa’d ibn Robe’ning qizlari, otalari siz bilan Uhudda (ishtirok etib) shahid bo‘ldi. Endi bo‘lsa amakilari ularning mollarini olib qo‘ydi. Ularga hech qanday mol qoldirmadi. Ikkovlarining moli bo‘lmasa, birov nikohiga ham olmaydi”, dedi.

“Bu haqda Alloh O‘zi hukm chiqaradi”, dedilar u zot. Shunda: “Alloh sizlarga farzandlaringiz haqida vasiyat etib...” oyati – meros oyati nozil bo‘ldi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularning amakisiga odam yuborib: “Sa’dning ikki qiziga uchdan ikkisini, ularning onasiga sakkizdan birini ber, qolgani esa senga bo‘ladi”, dedilar.

Aynan ushbu voqea meros oyatlarining nozil bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi.

Vafot qilgan kishining qoldirgan narsalari merosxo‘rlarning haqi hisoblanadi, uni nohaq yo‘l bilan olish yoki taqsimlash mutlaqo joiz emas. Magar o‘sha meros egalari bo‘lgan kishilar o‘zaro rozi bo‘lishsa, olish joizdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Hech biringiz birodaringizning narsasini hazillashib ham, jiddiy ma’noda ham olmangiz. Sizlardan biringiz hatto o‘z birodarining tayog‘ini olgan bo‘lsa ham, qaytarib bersin”. Vallohu a’lam.

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 16:36 17.09.2020. O'qildi: 3883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!