Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Vafot etgan Maradonaning o‘rniga Madonnani "dafn qilishdi" (VIDEO)

Vafot etgan Maradonaning o‘rniga Madonnani "dafn qilishdi" (VIDEO)

Amerikalik estrada xonandasi Madonna argentinalik futbolchi Diyego Maradonadan keyin tarmoqlarda "ko‘mildi". 

Ismlar o‘xshashligi tufayli foydalanuvchilar san’atkorni 25 noyabrda vafot etgan taniqli sportchi bilan adashtirdilar. Ular 62 yoshli qo‘shiqchining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirishni boshladilar.


“Tinch yoting, Madonna. Siz abadiy qalbimizdasiz. Afsona".

Qolgan foydalanuvchilar esa yanglishib pop yulduzini "ko‘mib yuborganlar" haqida hazillashishni boshladilar. Ayrimlar Madonnaning ismi Diyego ekanligini bilmasligini aytdi. Boshqalar esa xonanda har doim futbolni yaxshi o‘ynaganligi haqida kulgili tvitlar yozishni boshladilar.

Ma’lumot uchun, oktyabr oyida Madonna AQShning eng boy tadbirkorlari ro‘yxatiga kirdi. 

Futbol afsonasi Maradona kecha vafot etdi.

Kiritildi: 18:15 26.11.2020. O'qildi: 12840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!